FRENEL ZONALARI

FRENEL ZONALARI – fazoning berilgan (R) nuqgasvdagi to’lqin amplitudasini aniqlashda hisoblashlarni soddalashtirish uchun yorug’lik to’lqin sirti bo’linadigan halqasimon soha (zona)lari. Monoxromatik yorug’lik to’lqinining Q manbadan R kuzatish nuqtasiga tarqalishini ko’raylik. Gyuygens — Frenel printsipiga ko’ra, Q manbadan R nuqtaga kelayotgan to’lqinni qo’shimcha S sirtda joylashgan hayoliy manbalardan kelayotgan to’lqinlar yig’indisi bilan almashtiriladi. S sirt sifatida Q dan kelayotgan sferik to’lqin sirti olinadi. Bunda S sirt, har bir zona chetlaridan R nuktagacha bo’lgan masofalar X/2 ga farkdanadigan halqasimon zonalarga bo’linadi (X — to’lqin uzunligi). Yuzlari o’zaro tent bo’lgan bunday zonalar Frenel zonalari deb ataladi. Agar S sirt o’rniga markazi o nuqtada bo’lgan doiraviy teshikli to’siq qo’yilsa, teshikka juft sondagi Frenel zonalari to’liq joylashgan holda R nuqtada qorong’ilik kuzatiladi; teshikka toq sondagi Frenel zonalari to’liq joylashgan holda esa R nuqtada to’lqin amplitudasi eng katta bo’lib, u to’siq umuman bo’lmagan holdagidan 2 marta katta bo’ladi (mk»b hollarda). Frenel zonalari usuli optika, radio va tovush to’lqinlarini o’rganish va boshqalarda qo’llandi.