FRIDEL (FRIDEL) SHARL
FRIDEL (FRIDEL) SHARL (1832.12.3, Strasburg — 1899.20.4, Montoban) — frantsuz organik kimyogari va mineralogi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1878 yildan), Peterburg Fanlar Akademiyasi xorijiy muxbir a’zosi (1894 yildan). Strasburg universitetini tugatgan (1852). Parij universiteti professor (1876 yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari organik sintezga oid. Ilk bor atsetofenon (1857), sut kislota (1861), ikkilamchi propil spirt (1862), gliserin (1873) va boshqalarni sintez qilgan. Aromatik birikmalarni alkil va asilgalogenidlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash va asillash usulini kashf etgan (Fridel— Krafts reaktsiyasi). Sun’iy usulda kvars, rutil, topaz va boshqa minerallarni olgan.