FRITAUN
FRITAUN — Serraleone poytaxti. Vestern erio yarim orolining shimoliy chekkasida joylashgan. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Fritaun — mamlakatning savdosanoat va moliyaviy markazi. Atlantika okeani sohilidagi yirik port, chetga palma yong’og’i, moyi, kakao va olmos chiqariladi. Kema verfi, olmosga sayqal berish fabrikasi, shakarqand, kislorod, tsement, neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Universitet, kollejlar, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharga 1792 yilda inglizlar tomonidan asos solingan. 1961 yil 27 apreldan mustaqil Serraleone davlati poytaxti.