FRONTIT
FRONTIT [lotincha frons (frontitis) — peshona] — peshona bo’shlig’i shilliq qavatining yallig’lanishi. O’tkir va surunkali kechadi. O’tkir Frontit, asosan, gripp, shamollash va boshqa yuqumli kasalliklarning asorati sifatida paydo bo’ladi. Unda peshonaning kasallangan sohasi bir oz shishib, og’riydi, bemor darmonsizlanadi, burundan nafas olishga qiynaladi, harorati ko’tariladi. O’tkir Frontit yaxshi davolanmasa, surunkali Frontitga aylanadi. Surunkali Frontitda peshona va yuqori qovoqlar og’riydi, burun shilliq qavatidan selga o’xshash suyuqlik keladi; burun giperplaziyatsi, granulyatsiya va poliplar hosil bo’ladi.