FRONTLASHTIRUVCHI KOMPANIYA

FRONTLASHTIRUVCHI KOMPANIYA – boshqa sug’urta kompaniyasining iltimosiga ko’ra, o’z nomidan sug’urta polisi beruvchi sug’urta kompaniyasi. Frontlashtiruvchi sug’urta kompaniyasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz miqdorida iltimos qilgan sug’urta kompaniyasi hisobiga o’tkazadi va buning uchun undan komission haq oladi. Hozirgi paytda O’zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan, “Anglo-Tashkent”, “UzAIG” sug’urta kompaniyalari.