FRONTON
FRONTON (Fransuzcha fronton — peshona, old tomon) — binoning bosh tarzi, portiq tepa qismining tugallanish kismi; uchburchak, ayrim hollarda yoysimon shaklda bo’ladi. Yuqoridan tom qirralari, pastdan karniz bilan chegaralanadi. Fronton yuzasi ko’pincha haykallar, bo’rtma tasvirlar bilan bezatiladi. Bino eshik va derazalarining tepa qismida Fronton shaklidan bezak maqsadlarida foydalaniladi. Ko’p qavatli binolarning yuqori qavatlari devoridan bo’rtib chiqqan eshik, deraza, ayvonlar tepasidagi me’moriy qismlarda ham Fronton qo’llanishi mumkin.