FUMIGANTLAR
FUMIGANTLAR (lotincha Fumigantis — tutaydigan, dudlaydigan) — ekinlar zararkunandalari va kasallik qo’zg’atuvchilarini dudlash usuli bilan yuqotishda qo’llaniladigan kimyoviy moddalar. Pestisidlar guruhiga mansub. Fumigantlar suyuq, qattiq va gaz holida ishlab chiqariladi. Uchuvchan, tez bug’lanadi, havoda oson tarqaladi, singib kirish, alangalanish va boshqa xususiyatlarga ega. Ba’zi preparatlar, masalan, oltingugurt preparatlari havo harorati yuqori (25° dan ortiq) bo’lganda gaz holiga aylanib ta’sir ko’rsatadi. Fosfororganik insektisidlar zararkunandalarga bug’holida ta’sir ko’rsata oladi. Gaz holidagi Fumigantlar xonalarga maxsus apparat yoki ballonlar yordamida purkaladi, suyuklari tunuka tovalarga quyilib, gazlamalarga sepilib yoki shimdirilib xonalarga osiladi, qattiqlari zararsizlantiriladigan xonalarga bir tekisda sepiladi.