FUNSHAL

FUNSHAL — Portugaliyadagi shahar, Madeyra orolida. Aholisi 115,4 ming kishi. Atlantika okeani sohilidagi port, chetga vino, meva va baliq chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Vinochilik, shakarqand, kema ta’mirlash korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm markazi. Shaharga 1421 yilda asos solingan. 15— 16-a.srlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.