FUQAROLAR URUSHI

FUQAROLAR URUSHI – bir mamlakat ichidagi ijtimoiy guruhlar o’rtasida davlat hokimiyati uchun olib boriladigan qurolli kurash. Fuqarolar urushi ijtimoiy keskinliklar zaminida vujudga keladi. Tarixda Fuqarolar urushi turli shakl va ko’rinishda namoyon bo’lgan: qullar qo’zg’oloni, dehqonlar urushi, partizanlar urushi, xalqning hukumatga qarshi qurolli kurashi va hokazolar. Fuqarolar urushi davlatlar o’rtasidagi urushlar, chet el bosqinchilariga qarshi kurash va milliy ozodlik harakati bilan qo’shilib ketishi mumkin. Hokimiyatdagi hukmron guruhdar bir-biriga qarshi turgan Fuqarolar urushi ham bo’ladi (Rim Respublikasining ag’darilishi davridagi Fuqarolar urushi, Angliyadagi Qizil gul va oq gul urushlari). Fuqarolar urushi etnik (2000-2003 yillarda Ruandada), separatistik (2000-2002 yillarda Serbiyada), konfessional (bir necha bor shimoliy Irlandiyada) sabablarga ko’ra kelib chiqishi mumkin. Fuqarolar urushida ishtirok etayotgan tomonlarning biri diniy, ikkinchisi dunyoviy shiorlar ostida (1992-95 yillarda Tojikistonda) harakat qilishi mumkin. Fuqarolar urushi iqtisodiy bo’hronlar, ko’plab odamlarning qurbon bo’lishiga olib keladi.