FUQAROLAR YIG’INI

FUQAROLAR YIG’INI — shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig’inlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o’z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.