FUQAROLIK ISHI
FUQAROLIK ISHI – fuqarolik sudida fuqaro-protsessual qonunlarida nazarda tutilgan tartibda ko’rib chiqiladigan har qanday ish. Fuqarolik ishiga quyidagilar kiradi; fuqarolik huquqi to’g’risidagi kelishmovchilikka doir ishlar; boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslarning o’z vakolatlarini fuqarolarning huquqlarini kamsitib sodir etgan harakatlari yuzasidan shikoyatlar bo’yicha ishlar; yuridik ahamiyatga ega bo’lgan dalillarni aniqlash to’g’risidagi ishlar va maxsus yuritiladigan boshqa ishlar. Fuqarolik ishlari tufayli fuqarolarning shaxsiysiyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya qilinadi.