GABBRO

GABBRO (Italiyaning Livorno shahri Janubdagi joy nomidan) — asos tarkibli magmatik tog’ jinslari. Deyarli bir xil miqdorda asosli plagioklazlar, piroksenlaraai tashkil topgan. Oddiy Gabbro plagioklaz va monoklinli piroksendan iborat. Turi ko’p. Plagioklaz va rombik piroksenli turi norit, plagioklaz va olivinli turi traktolit deyiladi. Plagioklazga boy Gabbro (85-90%) plagioklazitlar nomi bilan ma’lum. Labradorit turi faqat plagioklazni Labrador xilidan tashkil topadi. Labradorit ko’pincha chiroyli havorang yoki kukish bo’lib tovlanadi. Katta chuqurlikda qotgan tipik Gabbroda kristallarning o’lchami taxm. bir xil. Tabiatda yirik shtok, lakkolit, lopolit, dayka shakllarida uchraydi. Ularning o’lchami juda yirik. Masalan, Kanadadagi Dulut massivining mayd. 5 ming kilometr kvadratga teng. O’zbekistonda Nurota, Hisor, Chatqol-Qurama tog’larida ma’lum. Xorijda Gabbroning yirik massivlari Ukraina, JAR, Frantsiya, Shotlandiya va boshqa joylarda bor. Gabbro yaxshi silliklanadi. Haykaltaroshlikda, binokorlikda bezash materiali. Gabbro intruzivlari bilan magnetit, titanmagnetit, nikel va mis sulfidli ruda konlari bog’liq.