GABRLAR

GABRLAR (forscha) — 1) asosan o’rta asrlarda nomusulmonlarning musulmonlar orasidagi nomi. 2) Eronda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar. Arab istilolaridan so’ng Hindistonga ko’chib ketgan Gabrlarning hozirgacha yashayotgan avlodlari u yerda forslar deb ataladi.