G’ALABA CHO’QQISI
G’ALABA CHO’QQISI – Tyanshan tog’laridagi eng baland cho’qqi. Balandligi 7439 metr. Qaqshaltov tizmasida, Xontangri cho’qqisidan 20 kilometr Janunda. Yon bag’irlarida yirik muzliklar bor. G’alaba cho’qqisiga birinchi marta (1938 yilda) A.A. Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya chiqqan. 1943 yilda P.N.Rapasov boshchiligidagi ekspeditsiya cho’qqining haqiqiy balandligini aniqladi va unga G’alaba cho’qqisi deb nom berildi.