Galiley nisbiylik printsipi

Galiley nisbiylik printsipi — Nyutonnint klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik printsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday bo’lganida namoyon bo’ladi. Biror inersial sanoq tizimida o’tkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tug’ri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Bu holatni birinchi bulib 1636 y.da g. Galiley aniqlagan. Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, traektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bog’liq. Shuning b-n birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq ti-zimlarida birday bo’ladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi g. n. p. mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan g. n. p. mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga o’tishdagi almashtirishlarga — Galiley almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (q. Nisbiylik nazariyasi). Shu sababli Galiley almashtirishlarida yuqoridagi tenglama o’zgarmaydi. Bu tenglama g. n. p.ning matematik ifodalanishidir. G. n. p. jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar b-n harakatlangan hol uchungina o’rinli. Ь ~ s bo’lgan hollarda Galiley almashtirishlari Lorents almashtirishlari b-n almashtirilishi lozim.