Gall yurishlari, Yuliy Tsezarning Gall yurishlari

Gall yurishlari, Yuliy Tsezarning Gall yurishlari — rimliklarning Yuliy Tsezar boshchiligida Transalp Galliyasi va Britaniyani bosib olish maqsadida mil. AV. 58-51 y.larda uyushtirgan 8 ta harbiy yurishi. Hoz. Shveytsariya xududida yashagan gelvet qabilalarining harakati g.yu. boshlanishiga turtki bo’lgan. Rimning Galliya provintsiyasi va Rim ittifoqchilari bo’lgan eduy qabilalarini himoya qilish bahonasida Tsezar gelvetlar ustiga yurish qilib ularni Bibrakta yaqinida tor-mor keltirgan (mil. AV. 58), shim. Galliya (hoz. Elzas) dagi svevlarni Reyn ortiga quvib yuborgan, belglar va b. qabilalarning qarshiligini sindirgan, Tsezar Gal-liyada Rim garnizonini joylashtirib 57 y.da mamlakat zabt etilgani haqida Senatga xabar bergan. Biroq Gall qabilalarining qo’zg’olonlari davom etmoqda edi. Qo’zg’olonchilarni ehtimol tutilgan ittifoqchilaridan maxrum etish maqsadida Tsezar ikki marta (55 va 54) Britaniyaga harbiy yurish uyushtirgan, ikki marta (55 va 53) Reyn daryosini kechib o’tgan. 52 y. arvernlar qabilasi boshlig’i Versingetorig rahbarligida umumiy qo’zg’olon ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilar dastlab, rimliklar ustidan Gergoviya sh. yaqinida (hoz. Klermon-Ferran yaqinida) g’alabaga erishadi. Lekin qo’zg’olonchilar orasida ahillik bo’lmagani, zodagonlarning qo’zg’olon rahbariga ishonchsizlik b-n qarashlari ularning kuchini zaiflashtirgan. Tsezar Versingetorig askarini Aleziya sh.da qamal kilgan va unga yordamga kelgan qo’shinni tor-mor keltirgan hamda qamaddagilarni taslim bo’lishga majbur qilgan. Qarshilik ko’rsatishga uringan qabilalar 51 y.da bo’ysundirilgan.