G’ALLA POYA BURGASI

G’ALLA POYA BURGASI — g’alla ekinlari (arpa, bug’doy, ayniqsa, bahori ekinlar) zararkunandasi. Bo’yi 1,6— 2,8 millimetr. Rangi qoramtir-bronza tusli, tuxumi bir oz cho’zinchoq. Lichinkasining bo’yi 5 millimetrga yetadi, rangi oq. Tana bo’g’imlari mayda xitin qalqonchalar bilan qoplangan. Zararkunanda qo’ng’izlik davrida xazon va begona o’simliklar qoldiklari orasida qishlab, mart oyida qishlovdan chiqadi va aprelning ikkinchi o’n kunligidan tuxum qo’yishga kirishadi. 5-7 kundan so’ng tuxumdan chiqqan lichinkalar ekinlar poyasini kemirib ichiga kiradi va uning ichki qismi eti bilan oziqlanadi. Bitta lichinka bir necha poyani shikastlaydi. Zararlangan o’simlik barglari sarg’ayib, qurib qoladi. Oziqlanib bo’lgan lichinkalar tuproqqa tushib, g’umbakka aylanadi. Kurash choralari: g’allani yer-taroq muddatlarda ekish, karate (0,2 l/gektar), Tsipi (0,2 l/gektar) va boshqalar kimyoviy preparatlar eritmalarini purkash.