Galogenez

Galogenez (Yun. hals — tuz, genesis — paydo bo’lish) — arid zonalaridagi sho’r suv havzalarida bug’lanish natijasida oson eriydigan tuzlarning cho’kishidan tuz uyumi hosil bo’lish jarayoni. Tuzli eritma nihoyatda sho’r (hatto tuz kristallari bor) bo’lib, Rapa deb ataladi. Tarkibi va tuz to’planishining navbatlanishi havzadagi dastlabki suvning gidrokimyoviy turiga bog’liq. G. ikki bosqichdan: uzoq muddat to’planish kontsentrasiyalangan namakobni asosiy zaxirasi to’planadi; qisqa — namakoblardan oson eriydigan tuz cho’kindilari hosil bo’ladi. Hosil bo’ladigan minerallar va xarakterli elementlarga ko’ra karbonatli. sulfatli va xloridli g. bo’ladi. Havzani to’yintiruvchi suvning kelib chiqishiga qarab kontinental va dengiz g. ma’lum. Dengiz G. Er rivojlanishi tarixida katta rol o’ynagan. G. uchun quyidagi sharoitlar zarur: arid iqlim, havzani suv b-n intensiv ta’minlanish imkoniyati; tuz cho’kishi uchun doimiy bir tekis bo’lmagan botiqlikning bo’lishi. G. jarayoni natijasida faqat tuz qatlamlarigina emas, balki er qa’rida o’ta kontsentrasiyalangan namakoblarning asosiy zaxirasi ham hosil bo’ladi.