Galton, Golton (Galton) Frensis

Galton, Golton (Galton) Frensis (1822.16.2, Birmingem — 1911, 17.1, London) — ingliz psixologi va antropologi. Oksford va Kembrij un-tlarining faxriy D-ri. Evgenikaning asoschilaridan biri. G. birinchilardan bo’lib, eksperimental va matematik metodlar asosida odamlar o’rtasida individual-psixologik tafovutlar mavjudligi haqidagi ta’limot — differentsial psixologishp ishlab chikdi. Ch. Darvin evolyusion nazariyasi ta’sirida bo’lgan g. odamlar orasidagi bu tafovutlarni aksariyat nasliy omillar b-n tushuntiradi. Shaxe rivojlanishida bu omillarning roli haqidagi masalaning qo’yilishi o’ziga xos novatorlik bo’lgan, biroq ular ahamiyatini oshirib yuborish odamning ijtimoiy mohiyatini inkor etuvchi bir yoklama xulosalarga olib keldi. G. odam tabiatini takomillashtirishni irsiyat qonuniyatlari asosida o’ta iqtidorli, aqlan va jismonan kuchli odamlarni ajratib olish orqali amalga oshirish mumkin deb hisobladi. G. shaxsning psixik sifatlarini tashhis qilish maqsadida ma’lum asboblar yaratdi, nasliylik va tashqi ta’sir nisbatini aniklash imkoniyatini beruvchi ilmiy uslublar ishlab chiqdi. Individual tafovutlarni o’rganishda mesllardan foydalanish g’oyasi g.ga taalluqlidir.