GALVANIK ELEMENTLAR
GALVANIK ELEMENTLAR -elektr toki manbalarining umumiy nomi; elektrolit va unga botirilgan ikkita turli xil metall plastinka (elektrod)Lyan iborat. Bunday elementlarning yaratilishiga italyan olimi, fiziolog L. Galvani jonivorlar ustida o’tkazgan tajribalar asosiy turtki bo’ldi (nomi shundan). G.e.da kimyoviy reaktsiya natijasida hosil bo’lgan energiya bevosita elektr energiyasiga aylanadi. A. Volta yaratgan Volta ustuni birinchi g.e. bo’lgan. 19-a. o’rtalarigacha g.e. yagona elektr toki manbai hisoblangan. Elektrodlardan biri (musbati) anod, ikkinchisi (manfiysi) katod deb ataladi. Reaktsiya natijasida elektrodlarda potentsiallar farqi hosil bo’ladi. Bu elektrodlarni tutashtirib turadigan Simda elektr toki vujudga keladi. Eng ko’p tarqalgan g.e.da musbat elektrod o’rnida ko’mir tayoqcha, manfiy elektrod o’rnida rux tayoqcha, elektrod o’rnida esa novsha – dil eritmasi ishlatiladi. Suyuq elektrolit o’rnida quyuq pastalar qo’llanilsa, «quruq» element (Leklanshe elementi) hosil bo’ladi. G.e.da reagentlar sarflanib (zaryadsizlanib) bo’lganidan so’ng u ishga yaroqsiz holga keladi, ya’ni ularni qayta zaryadlab bo’lmaydi. G.e. ixtiro qilinishi b-n tok xususiyatlarini o’rganish va undan foydalanish imkoni yuzaga keldi, elektrotexnikaning fan sifatida shakllanishiga asos solindi.