Gametangiy, gametadon

Gametangiy, gametadon (gametalar va Yun. angeion — joy, idish) — 1) ba’zi o’simliklarda gametalar hosil bo’ladigan bir yoki ko’p hujayrali jinsiy organ. Ayrim tuban o’simliklarda (mas, ulotriksdoshlaraa) g. oddiy vegetativ hujayradan iborat. G. ko’pchilik qo’ng’ir va qizil suvo’tlar, tuban (Oomisetlar) va yuksak (askomisetlar, bazidiyamisetlar) zamburug’lar hamda arxegonial o’simliklar uchun xosdir. Yuksak o’simliklarda gametalar maxsus a’zolar — anteridiy (erkak gameta hosil bo’ladigan) va oogoniy yoki arxegoniylarda (tuxum hujayra hosil bo’ladigan) etiladi; 2) ba’zi zamburug’lardagi ko’p yadroli hujayralar.