GARANTIYA

GARANTIYA (fr. garantie – kafolat) — ta‘minlash, kafillik. Xalqaro Garantiya – xalqaro huquq normalariga rioya qilinishini va majburiyatlarning bajarilishini ta‘minlovchi huquqiy prisip va yig’indilar vositasi. Garantiyali shartnomalar hozirgi vaqtda Xalqaro Garantiyaning asosiy formasi hisoblanadi. Xavfsizlik Garantiyasi xalqaro Garantiyaning yangi formasi bo’lib, Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnoma bular orasida katta ahamiyatga ega.