Gayda

Gayda (inglizcha hide)-Britaniyada (Kent va Daniya huquqi amalda bo’lgan hududlardan tashqari) o’rta asrlarda yer maydonlari hajm birligi. 1 Gayda deganda bir ozod dehqon (kerl) oilasini ta’minlashga yetadigan unumdor yer maydoni tushunilgan. Gaydaning hajmi mintaqalga qarab bir-biridan farqlangan: masalan, Kembrijshir va O’rta Angliyaning boshqa viloyatlarida 120 akr haydaladigan yerga, Uiltshir va Dorsetda 40 akr haydaladigan yerga teng kelgan. Gaydaning hajmidagi bunday farqlaga sabab shuki, u amalda yerning mahsuldorligi birligi edi.