G’AYRISHUURIYLIK

G’AYRISHUURIYLIK – sub’yekt ongida namoyon bo’lmaydigan psixik jarayonlar majmui. Bir qancha psixologik nazariyalarda ruhiyatning sifat jihatidan ongdan keskin farqlanuvchi alohida sohasi deb talq-in qilinadi. Nemis faylasufi E.Gartman (1842— 1906)ning irrasionalistik » G’ayrishuuriylik falsafasi»da G’ayrishuuriylik borliqning universal asosidir. Z.Freydnit psixoanalizi va boshqa psixologik oqimlardagi asosiy tushunchalardan biri. K.G.Yungning «Taxminiy psixologiya» asarida shaxs g’ayrishuuriyligi bilan bir qatorda jamoa g’ayrishuuriyligi ham ajratib ko’rsatiladi.