GAZ KOMPRESSORLI STANTSIYA

GAZ KOMPRESSORLI STANTSIYA — tabiiy gazni qazib olish, uzatish va saqpashda gazning bosimini ko’tarib beradigan qurilma. Vazifasiga qarab, magistral gaz quvurlaridagi bosh (asosiy) st-ya, magistral gaz quvurlaridagi st-ya, er osti gaz omborlaridagi oraliq st-ya va gazni er qatlamlariga qayta haydaydigan st-yaga bo’linadi. Bosh G. k. s. gaz konidan kelayotgan gaz bosimini ko’tarib beradi, oraliq (yo’ldagi) g. k. s. gaz quvurida bosimi kamaygan gaz bosimini ko’tarib beradi, er osti gaz omborlaridagi g. k. s. iste’molchiga berilayotgan gaz bosimini me’yorlashtirib turadi, gazni er qatlamlariga qayta haydaydigan g. k. s. gazni qazib olish paytida gaz bosimini zarur darajada tutib turadi. G. k. s.ning asosiy jihozi compressor qurilmalaridan iborat. G. k. s. dispetcherlik punktidan, to’liq avtomatlashtirilgan g. k. s. Markaziy dispetcherlik punktidan turib boshqariladi.