G’AZALKENT GES
G’AZALKENT GES – Toshkent viloyati G’azalkent shahri yaqinida Chirchiq daryosida qurilgan. 1982 yilda ishga tushirilgan. GESda har biri 40 MVt quvvatga ega bo’lgan 3 ta agregat o’rnatilgan, umumiy quvvati 120 MVt. Stansiya G’azalkent, Chirchiq shaharlari va Bo’stonliq tumanidagi sanoat korxonalari va boshqa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi; O’rta Osiyo «energiya» Birlashgan energetika tizimiga ulangan, elektr energiyasi 110, 200,500 kv kuchlanishda uzatiladi. 2003 yilda 532,5 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.