GAZPANA

GAZPANA — aholini zaharli gazlar va radioaktiv moddalar ta’siridan saqlash uchun mo’ljallangan maxsus bino yoki inshoot. 1 – va 2-jahon urushi davrida faqat gazdan saqlanishga mo’ljallangan. Yadro quroli paydo bo’lgach, havoni zaharlaydigan gazdan boshqa zaharli moddalar ham ko’paydi. Aholi, uy hayvonlari va parrandalarni shu moddalardan muhofaza qilish uchun maxsus g.lar qurishga ehtiyoj paydo bo’ldi. Aholini zaharli moddalar ta’siridan uzoqroq saqlab turish uchun g. germetiklanishi (havo kirmaydigan qilinishi) va ichida toza havo etarli bo’lishi shart. G. ni germetiklash uchun devorlari va tomlari monolit yoki maxsus konstruktsiya-lardan quriladi, eshiklari zich qilib yasaladi. G. havosini almashtirib turish uchun filtrlaydigan shamollatish moslamasi qo’yiladi.