Gekkel (Haeckel) Ernst

Gekkel (Haeckel) Ernst (1834.16.2, Potsdam — 1919.9.8, Yena) — nemis biologi. Yena un-tida prof. (1862— 1909). Tropik zonalarda (Tsey- lon oroli va b.) ilmiy ishlar olib bo- rib, dengiz hayvonlari, ayniqsa, radio- lyariyalar haqida katta asarlar yozgan (1862). Organizmlarning individual rivojlanishi (ontogenez) b-n uning ajdodlarining tarixiy rivojlanishi (filogenez) urtasidagi Darvin tomoni- dan aniqlangan o’zaro bog’lanishni bio- genetik qonun tarzida ta’riflab bergan. Hayot davomida paydo bulgan belgilar- ning nasdan-naslga o’tishini tan olgan.