Geksaxloran, geksaxlortsik- logeksan

Geksaxloran, geksaxlortsik- logeksan, GXSG, gammeksan, benzogek- saxlorid (S6N6S16) — sirtdan ta’sir etuvchi insektisid. Texnik G. o’tkir, yoqimsiz hidli, pushti yoki sarg’ish kul- rang kristall modda. 8 izomeri mav- jud. Shundan faqatgina gamma isomer kuchli insektisidlik xususiyatiga ega. Zararkunandalarga qarshi kurashda ularning har biridan mustaqil ra- vishda yoki boshqa preparatlarga ara- lashtirib foydalanilgan. Yuqori ku- mulyativ xususiyatga ega bo’lganligi sa- babli g.ni q.x. maqsadlarida ishlatish 1970 y.dan boshlab man qilingan, ammo uning qoldiqlari hanuzgacha tuproqda aniqlanishi mumkin.