Gelieya

Gelieya (yunoncha heliaia)-Qadimgi Afinada hokimiyatning oliy organlaridan biri, qasamxo’rlar sudi. Shaxsiy hamda davlat ishlarini ko’rib chiqqan, oliy amaldorlarning faoliyatini nazorat qilgan. Xalq yig’ini tomonidan qabul qilingan qonunlarni tasdiqlagan. Miloddan avvalgi VI asrda Arxont qonunlariga binoan joriy etilgan. Miloddan avvalgi V asr o’rtalaridagi Efialt islohotlaridan so’ng Gelieyaning vakolatlari areolag hisobiga kengaytirilgan. Perikl Gelieya a’zolari-geliastlarga maosh berish tartibini kiritgan. Gelieya 6 ming kishidan iborat edi.