GELMINTOSPORIOZLAR
GELMINTOSPORIOZLAR – o’simliklarda Helminthosponum turku- miga mansub zamburug’lar qo’zg’atadigan kasalliklar. Aksariyat g’alla va tex- Nika ekinlari zararlanadi. Kasallik g’o’za ko’saklarining chanoqlarida ham uchrashi qayd etilgan. Arpa, bug’doy, suli, makkajo’xori g. b-n kasallanganda o’simlik bargida qo’ng’ir dog’lar paydo bo’lib, dog’lar ostidagi to’qimalar o’ladi. Kuchli zararlangan makkajo’xori sovuq urganga o’xshab qoladi. Sholi G. b-n ka- sallanganda unib chiqqan maysalari chi- riydi, barglarida dog’lar hosil bo’ladi. Natijada ekin siyraklashib ketadi. Ka- sallangan maysaning ildiz bo’g’zida Zay- tun yog’i rang’ida g’uborlar, barglarida esa mayda to’q-qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. Arpa, sulining barglari, barg qini va doni to’rsimon dog’lanish ko’rinishini oladi, o’simlik bosh tortmaydi. Kurash choralari: kuzgi shudgorni sifat- li bajarish, erga fosforli-kaliyli o’g’itlar solish, ekishni o’z vaqtida qisqa muddatlarda o’tkazish, maysalarni azotli o’g’itlar b-n oziqlantirish. Ekiladigan urug’likni raksil (1,5 kg/t) yoki derazali preparatlari (2 l/t) b-n dorilash kerak. Latif Muhamedov.