Gematoma

Gematoma (gemo… va Yun. Ota — o’sma) — to’qima orasiga va tana bo’shliqlariga qon quyilishi. Turli shikastlanishlar, lat eyish, suyaklar si- nishi, chiqishi va b. oqibatida ro’y be- radi. Yumshoq to’qimalar ezilishidan paydo bo’lgan kichikroq g. bir oz shishib, og’riydi, o’sha soha mo’mataloq bo’lib, qontalashadi (q. Qontalash). O’z vaktida to’g’ri davo qilinsa, hech bir nuqsonsiz tuzalib ketadi; asosan shu sohaga orom beriladi, sovuq qilinadi va bog’lab qo’yiladi. Hayot uchun muhim a’zolar (bosh miya, jigar va b.) zararlangan bo’lsa, zud- lik b-n vrachga murojaat etish zarur, aks holda og’ir asoratlarga sabab bo’lishi mumkin.