Gemosporidiyalar, qon sporalari
Gemosporidiyalar, qon sporalari (Haem osporidia) — koktsidiya- simonlar sinfiga mansub turkum. 10 avlodi va 100 dan ortiq turi bor. Katta- ligi bir necha mm. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar, jumladan, odam qoni eritrositlari va epiteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Ay- Rim g. og’ir kasallik keltirib chiqaradi. Xo’jayin almashtirish yo’li b-n rivoj- lanadi. Asosiy xo’jayini qon so’ruvchi chivinlar, oraliq xo’jayini umurtqali hayvonlar va odam. Chivinlar qon so’rganida parazitning sporozoitlarini yuqtiradi. G. chivinlar ichki organlarida shizogoniya (ko’p marta jinssiz bo’linish) orqali ko’payadi. Bir necha marta jinssiz ko’payib nasl bergandan so’ng qizil qon tanachalari ichiga kirib, gametositlarga aylanadi. Harakatchan zigota (ookineta) oshqozon devorida rivojlanib, oosi- staga aylanadi. Uning ichida esa ko’plab sporozoitlar paydo bo’ladi. Sporosi- stalar asosiy xo’jayinining so’lak bez- lariga o’tadi. G.dan bezgak plazmodiysi odamlarda bezgak kasalligini keltirib chiqaradi.