Genetik (irsiy) kod
Genetik (irsiy) kod – irsiy informatsiyani ma’lum belgilar yordamida ifodalash tizimi; DNK molekulasidagi nukleotidlar tartibini, oqsil molekulasidagi aminokislotalar tartibiga aylantirish (tarjima qilish) qoidalari yig’indisi. Genetik kod birligi kodon yoki triplet deb ataladi. Hammasi bo’lib 64 kodon mavjud, shulardan 51 tasi aminokislotalarni ifodalaydi; qolgan 3 tasi polipeptid zanjir sintezining tamom bo’lganligini bildiradi.