Geoekologiya
Geoekologiya — ekologiyaning yuqori bosqichdagi ekosistemalarini, shu jumladan biosferani o’rganuvchi fan. G. (landshaft ekologiyasi, geogra- FIK ekologiya) 20-a. 30-y.larida ne- mis olimi K. Troll tomonidan ta- Klif qilingan, lekin tarmoklararo fan sifatida 90-y.lardan shakllana boshladi. G. tabiiy va inson tomoni- dan o’zgartirilgan yuqori bosqichdagi ekosistemalarning tarkibi, struktu- rasi, mavjud bo’lish qonuniyatlari va evolyusiyasini o’rganadi. Erning eko- logik muammolari to’g’risidagi barcha bilimlarni jamlaydi va tabiiy fan- lar, xususan biol., geogr., geol. Fanlari tadqiqot natijalaridan foydalanadi. Asosiy maqsadi erda hayotni ta’minlov- chi muhitni saqlab qolishga qaratilgan. G. hududda tirik organizm (shu jumla- dan inson)ning atrof muhit b-n bo’lgan o’zaro aloqasini o’rganadi. Bu jihatdan G. geografik (hududiy) va ekologik (si- stemali sub’ekt — muhit) tadqiqot tu- rini o’z ichiga oladi. Hududlarda ekolo- gik vaziyatlar qanoatlanarli darajadan falokat darajasigacha o’zgarishi mumkin. Ushbu muammolarning echimida g. fani boshqa tabiiy fanlar b-n birgalikda katta ahamiyat kasb etadi.