GEOFIZIK RAZVEDKA USULLARI

GEOFIZIK RAZVEDKA USULLARI — foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish maqsadida Er qobig’i tuzilishini fizik usullar b-n o’rganish; geofizikat tarkibiy qismi. G. r. u. tabiiy maydonlar (gravitasion, magnit, elektr, seysmik, termik, yadro- viy nurlanishlar)ni o’rganishga asos- lanadi. Bu maydonlar parametrlari er ustida, havoda va er osti (shaxta va burg’i quduqlari)da o’lchanadi. Olingan ma’lu- motlar geologik strukturalar, ruda va b. konlarning joylashishini aniqlash, asosiy ko’rsatkichlarini o’rganishda ishlatiladi. G. r. u.da tabiiy va sun’iy hosil qilinadigan fizik maydonlardan foydalaniladi. Tabiiy maydon usul- lari nisbatan arzon va bir xildagi, oson solishtiriladigan ma’lumotlar bergani uchun katta hududlardagi ish- larda ko’llaniladi. Bu usul qimmatbaho burg’ilash va tog’ishlarining aniq yo’nalishlarini belgilab, ularning sa- maradorligini oshiradi. Shuning uchun rekognossirovka ishlarida asosan ta-biiy maydonli g. r. u. (magnitorazved- ka), kichik hududlardagi ishlarda asosan sun’iy fizik maydonlar (seysmoraz- vedka) qo’llaniladi. Qo’llaniladigan fizik maydonlar tabiatiga qarab, g. r. u. quyidagi xillarga bo’linadi: er tor- tish kuchi maydonini o’rganuvchi gravi- metrik razvedka; er tabiiy magnit may- donini o’rganuvchi magnitorazvedka; er- ning tabiiy elektr maydonini, asosan, sun’iy hosil qilinadigan o’zgarmas va o’zgaruvchan elektromagnit maydonlarni o’rganuvchi elektrorazvedka; portlovchi moddalarni portlatish yoki mexanik zar- blarda hosil qilinadigan va er qobig’ida tarqaluvchi seysmik tebranishlar may- donini o’rganuvchi seysmorazvedka; tog’ jinslarining issiqlik o’tkazuvchanligi orasidagi farqqa asoslanib, burg’i quduqlaridagi t-Rani o’rganuvchi geoter- mik razvedka; tog’jinslari va rudalar- ning tabiiy radioaktiv nurlaiishini o’rganuvchi yadro geofizikasi; burg’ilash quduqlaridagi fizik maydonlarni ur- ganuvchi karotaj; burg’ilash quduqlari oraliqlaridagi ruda gavdalarini aniqlashga asoslangan burg’i quduqlari geofizikasi. G. r. u., ayniqsa, g’ovak qatlamlar ostidagi, chuqur joylashgan, dengiz va okeanlar tubi ostida yotgan foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishda muhim o’rin tutadi (yana q. Geologik qidirish).