GEOFON

GEOFON (Geo… va …fon) — er qobig’ining yuqori qatlamlarida tarqaladigan tovush to’lqinlarini qabul qiluvchi apparat. Ichiga ikkita egiluv- Chan yupqa metall plastinka orasiga mahkamlangan zalvar massa joylashti- rilgan qutidan iborat. Er qatlamida tarqalayotgan tovush tebranishlari erga tegib turgan quti korpusini tebran- tiradi, quti ichidagi zalvar massa esa inersiya hodisasi tufayli qimirlamay turadi. G. ko’pincha vibrograf kabi ish- laydi. Ma’lum uzunlikdagi tovush to’lqinlarini tutib oladigan asosiy elementa pezokvars kristalidan iborat G. pezogeofon deb ataladi. Elektr-mexa- nik o’zgartirgichlar, kuchaytirgich va te- branishlarni qayd qiluvchi ossillograf b-n ta’minlangan g. seysmograf deyi- ladi. G. tog’jinslarini, dengiz tubini akustik jihatdan tekshirishda, konda qutqaruv ishlarini olib borish va b.da qo’llaniladi. Konlarda eshitish qiyin bo’lgan tovush signallarini tutib qayd qiladigan maxsus magnitofon moslama- li g. geomagnitofon deb ataladi. Unda konda avariyaga uchragan konchilar turgan joyni aniqlash uchun avariya yuz bergan joydan kelayotgan signallar magnit Len- taga yozib olinadi.