Geografik bashorat

Geografik bashorat – tabiiy muhit va xududiy i. ch. Sistemalarining o’zgarish yo’nalishlariga ilmiy asos- langan holda oldindan ko’ra bilish. G. b. tadqiqot predmeti yoki jarayonning o’zgarishi mumkinligi to’g’risidagi ma’- lumotlarni yig’ish va tahlil qilishdan iborat. Bashorat muddatlari maqsadga qarab 1 sutkadan 15 yilgacha, goho 15 yildan ham ko’p bulishi mumkin. G. b.da umumilmiy (mantiqiy, sistemali, mu- taxassislar bahosi va b.) va maxsus geografik (sistemalararo, sistemali, davriylik, landshaft indikasiyasi, paleogeografik va h. k) usullar keng qullaniladi. G. b. da global (sayyoraviy) miqyosdagi bashoratlashtirish amaliy ahamiyatga ega, chunki inson xo’jalik fao- liyati natijasida turli xil chiqindilar chiqarilayotganligi tufayli havo va suv havzalarining ifloslanish darajasi tobora xavfli bo’lib bormoqda. Havoga ko’plab uglevodorod, oltingugurt, chang va b. kimyoviy chiqindilarning chiqarilishi sababli er yuzida havoning o’rtacha t-rasi 1890 y.dagi 14,5″ dan 1980 y. 15,2° gacha oshishiga sabab bo’ldi, bu miqsor 2001 y.da 1,2° va 2050 y. da 4° gacha ko’tarilishi bashorat qilinmokda. Bu hol, odatda, dunyo «issiqxona effekt» b-n bog’liq. Havo t-rasi ortib borishi qutblardagi muzliklarning erishini tezlashtiradi va dunyo okeani sathining ko’tarilishiga ta’sir etadi. Havoda uglerodning ortib borishi nam tropik o’rmonlarning ayovsiz kesilishi, organik yoqilg’ilarning ku- plab yoqilishi va avtomobil transpor- ta faoliyati b-n bog’liq. Ayniqsa, ozon qatlamining yupqalanishi, cho’l zonalari- ning kengayib borayotganligi, dunyo okea- nining ifloslanishini tadqiq qilishda sayyoraviy bashoratning ahamiyati nihoyatda katta. O’lka miqyosidagi basho- rat natijalari ma’lum hududlar bo’yicha amalga oshiriladi (O’rta dengiz, Kaspiy dengizi, Orol dengizi, «ishqorli» yomg’ir muammolari). Mahalliy bashorat ay- Rim sanoat korxonalari, suv havzalari, shaharlar, vohalar bo’yicha tayyorlanadi. G. b. natijalariga ko’ra oldindan tegish- li chora-tadbirlarni qo’llash ehtimol tutilayotgan noxush hodisa va jarayon- larning oldini olish imkonini beradi. Asomiddin Rafiqov.