GEOGRAFIK KOORDINATALAR

GEOGRAFIK KOORDINATALAR -er sathidagi nuqtaning vaziyatini ek- vator tekisligi va boshlangich meri- Dian tekisligiga nisbatan o’lchangan kenglik vauzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik g. k. bo’ladi. Referents-ellipsoid sirtida geodezik o’lchashlar natijasida olin- gan va hisoblangan kenglik va uzun- lik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari b-n bel- gilanadi. Astronomik koordinatalar o’sha nuqtalarning referents-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga ay- tiladi. Bu koordinatalar <r va u b-n belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referents-ellipso- ID ustiga tushirilgan normal chizig’iga bog’liq, g. k. esa o’sha nuqtadan tushiril- gan shovun chizig’iga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian bo’ylab ekvator- ning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shim.dagi kengliklar shim., Jan.dagilari — Jan. kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent sh. 4GZS sh. k.da joylashgan. Uzunliklar boshlang’ich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (Sharqiy uzunlik), yoxud g’arbga (g’arbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand sh. 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlang’ich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va g’arbga hisoblashda ham qo’llaniladi. Ular parallellar bo’ylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grin- VICh astronomik rasadxonasidan o’tuvchi meridian «boshlang’ich meridian», «no- linchi meridian» deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni o’lchashda turli joylardan o’tgan meridianlar — Ferro olari (Kanar olarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-a.gacha Pulkovo rasadxonasidan o’tgan meridian bosh meridian qilib olin- gan. Sharkda O’rta asrlarda xarita tu- zishda Xo’jand sh.dan o’tgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi to’g’risida ma’lumotlar bor.