GEOKIMYOVIY PROVINTSIYA

GEOKIMYOVIY PROVINTSIYA – Er po’stining tog’jinslarida muayyan kimyoviy elementlarning ko’p yoki kam (Klarkka nisbatan) miqdorda uchraydigan alohida qismi. Magmatik tog’jinslari- da ayrim element klarkdan ko’p uchrasa u holda tog’jinslari shu elementga boy hisoblanadi. G. p.ni o’rganish regional geokimyoning ko’pgina vazifalarini hal etishga yordam beradi. Ko’p mikdorda uch- ragan elementlar kimyoviy tarkibining o’ziga xosligini o’rganib, g. p.da kon- larning geokimyoviy qidirish ishlarini maqsadga muvofiq rejalashtirish mum- kin. Klarkdan element qancha ko’p uchrasa, foydali qazilma konini topishga imko- niyat yaratiladi. Magmatik jinslarning rudaga boy komplekslarida kimyoviy ele- mentlar rudasiz jinslarga nisbatan me- ‘yorsiz tarqalgan bo’ladi.