Gepard
Gepard (Acinonyx jubatus) — mu- shuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi, gepardlar (Acinonyx) urug’ining yagona turi. Tanasining uz. 123— 150 sm, dumi 63-75 sm. Oyoqlari uzun va ingichka, tirnoqlari ichkariga tortilmasligi b-n boshqa mushuksimon- lardan farq qiladi. Yungi sarg’ish qum rangda, mayda qora dog’lar b-n tekis qoplangan. Bolalari tanasining ustki tomonidagi uzun tik yunglari paxmoq mantiya (yoping’ich) hosil qiladi. Afrika, Jan.-g’arbiy Osiyo (Eron, Afg’oniston, Balujiston) va O’rta Osiyoda tarqalgan. 1972 y.gacha onda-sonda Turkmaniston- ning Jan.da uchrab turardi. Kunduzi hayot kechiradi. Homiladorligi 84-95 so’tka. 2-4 ta bola tug’adi. To’qay, dasht, cho’l va tog’etaklarida yashaydi. Tuyoqli hayvonlar (kiyiklar, qo’ylar)ni ov qiladi. O’ljasiga pana joydan tash- lanadi va qisqa masofada quvib etadi (tezligi soatiga 110 km gacha). Qadimda qo’lga o’rgatilgan g. dan ov qilishda foy- dalanilgan. Hozir soni juda kamayib ketgan, tabiatda butun dunyo bo’yicha bir necha yuzta saqlanib qolgan. O’zbekistan Respublikasi va xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. Tutqunlikda yaxshi ko’payadi.