Geraldika
Geraldika (lot. heraldus — jar- chi, Gerold) — gerbshunoslik. 19-a. ning 2-yarmidan gerblarni o’rganuvchi yordamchi tarix fani; dastlab 13-19-a. ning l-yarmigacha dvoryan, tsex va er mul- klarining gerblarini tuzish b-n Ge- roldlar shug’ullanganlar (g. atamasi shundan olingan). 14-a.dan boshlab gerb- chilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish odat tusiga kirgan. G. moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o’rganadi, milliy an’a- nalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakat- lararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni o’rganishda yordam beradi va b. Arxeologik qazishlar O’zbekistonda ham qadimdan muhrlar, tangalar va buyumlarga shahar, davlat, urug’yoki hunarmandchilik uyush- malarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganini ko’rsatadi. Ular AJ- dodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush madaniyati va san’atini o’rganishga, davlatlar va sulolalar tari- xini oydinlashtirishga xizmat qiluvchi manbalardan biridir. G. genealogiya, nu- mizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar b-n aloqador. G. ma’lumotlari tarix fanining boshqa sohalarida ham qo’llaniladi (yana q. Davlat gerbi).