Gereford qoramol
Gereford qoramol zoti – go’sht uchun boqiladigan zot. 18-a.ning 2-yarmi- da Angliyaning Gereford (Xerefordshir) grafligida mahalliy zotlardan tanlash va saralash yo’li b-n etishtirilgan. Ran- gi to’q qizil, boshi oq, bo’ynining usti, ko’krak osti, qornining pastki qismi, oyog’i va dumida oq belgilari bor, gavda tuzilishi go’shtdor mollar tuzilishiga xos. Yangi tug’ilgan buzoqlarining vazni 30-33 kg, 18 oyligida 400-450 kg. Si- girlarining vazni 550-600 kg, ayrim- lariniki 750 kg, buqalari 850-1000 kg, ayrimlari 1100 kg gacha. Har bir sigiri o’rtacha 1200-1400 kg yog’li (4%) sut be- radi. Bo’rdoqiga boqilganda 65-68% go’sht-yog’qiladi. Go’shti yumshoq va ma- zali. G. q. z. tez etiladi, em-xashak tan- lamaydi, sharoitga nisbatan chidamli, yaylovlarda boqishga moslashgan. Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya va Qozog’istonda keng tarqalgan. Qozog’istonda qozoqi va qalmiq qoramol zotlarini g.q.z. b-n cha- tishtirib oqbosh qozoqi qoramol zoti yaratilgan. O’zbekistonga G.q.z. buqalari 1963 y.da keltirilgan va «Zomin-1» naslchilik xo’jaligida mahalliy zotlar- ni yaxshilashda foydalanilgan, chatishti- rish natijasida mahsuldorligi yuqori duragaylar olingan.