GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI

GERMANIYA DEMOKRATIK RESPUBLIKASI (Deutsche Demokratische Republik), GDR —Marka- ziy Evropadagi davlat (1990 y. 3 okt.gacha mavjud bo’lgan). GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949 y. 7 okt.da tashkil etildi. Poytaxti Berlin sh. edi. Germaniya Bir- lashgan sosialistik partiyami (kbsp, 1946 y.da tuzilgan) ikki rasidan biri V. Pik (ikkinchi raisi o. Groteval GDR sobiq SSSR boshchiligidagi var- Shava shartnomasining faol a’zolari- dan bo’lgan. Tashqi siyosatda sobiq Sovet Ittifoqi izidan bordi. Ichki siyosatda xususiy mulkchilikni tugatib, sosia- lizm qurish niyatini e’lon qildi. Avva- liga ko’pgina nemislar fashizmga qarshi bo’lgan o’z davlatini barpo etishda bajo- nidil katnashdi. Biroq, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, maxfiy polisiya va GBSPning tanho hukmronligi asta-se- kin aholining bu davlatdan hafsalasini pir qila boshladi. Sosialistik reja- li xo’jalik sobiq GDRdagi kishilarni shaxsiy tashabbus va mustaqillikdan batamom mahrum etdi, iktisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lmish o’rta qatlam tugatib yuborildi, omilkorlik va mehnat faolligi falaj qilib qo’yildi. Iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi G’arb andozalariga nisba- tan past edi. 1979 y.da bu ko’rsatkich G’arb darajasining 46% ni va 1989 y.da 30- 40% ni tashkil etdi. Turmush darajasi, uy-joy ta’minoti past edi. Mana shu- larning hammasi GDR aholisining no- roziligiga sabab bo’ldi. Fuqarolarning GFRga qochib o’tish hodisalari om- maviy tus oldi. Aholining ijtimo- iy sohada ko’proq erkinlik berish va, nihoyat, g’arbiy qardoshlar b-n birlashish haqidagi talablari kuchayib bordi. 1989 y. kuzida GDRda o’tkir ijtimoiysiyosiy tanglik vujudga keldi. Berlinni va, umuman, nemis millatini ikkiga bo’lib turgan Berlin devori qulatildi (q. Ber- Lin va Berlin devorining qulatilishi). Natijada GBSP rahbariyati iste’foga chiqdi (1990 y. Fev.da GBSP Demokratax sosializm partiyasiga aylantirildi). Yangi hukumat Germaniya ni birlashti- rish masalalari yuzasidan GFR hukumati b-n muzokara boshladi. 1990 y. may va avg. oylarida imzolangan ikkita dav- lat shartnomasida GDRni GFRga qo’shish shartlari bayon etildi. O’sha yil 12 sent. da Moskvada sobiq SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya va ikkala Germaniya vakillari tomonidan Germaniya bir- ligi masalasini uzil-kesil hal etish to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Unda Germaniyani birlashtirishga oid masala- larning butun majmui hal etib berildi. GDR oliy hokimiyat organi — Xalq pala- tasining qaroriga binoan 1990 y. 3 okt. da GDR GFRga qo’shildi va natijada Yago- na Germaniya davlati tashkil topdi.