Germetiklar

Germetiklar —polimerlar yoki oligomerlar asosida hosil qilinadigan germetizasiya lovchi tarkiblar. Bolt- li, parchin mixli va b. birikmalarning tirqishlari va choklarini zich berkitish maqsadida surkaladigan pastasimon yopishqoq moddalar. G. yuqori darajada elastik, mustahkam, issiq va sovuqqa, namga, ionlashtiruvchi nurga chidamli, ba’zi hollarda izolyasion xossalarga ega bo’lishi kerak. G. olishda kauchuklar (asosan polisulfid yoki kremniyorga- nik suyuq kauchuklar, butadien, uretan, butadiennitril kauchuklar, ftorkauchu- klar, butilkauchuk, poliizobutilen) va sintetik smolalar, mas, fenolformal-degid, epoksid smolalar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Aviasozlik, kemasoz- lik, kimyo va radioelektronika sanoati, qurilishlarda qo’llaniladi. Tish Pro- tezlash texnikasi va kriminalistikada ham ishlatiladi.