GEY-LYUSSAK QONUNLARI
GEY-LYUSSAK QONUNLARI – 1) gazlarning issiqlikdan kengay- ish qonuni: asosiy gaz qonunlaridan biri; unga ko’ra o’zgarmas bosimda gaz massasining hajmi t-ra o’zgarishi b-n chiziqli o’zgara bo-radi: V=V/l+a.J); bu erda: Vo va V, gazning boshlang’ich va oxirgi t-ralardagi hajmlari, / — shu t-ralar farqi, av — o’zgarmas bosimda gaz hajmining kengayish koeffisienti, barcha gazlar uchun 1/273,15 K-‘ga teng. G.- L. q. ideal gazlar uchungina to’g’ri. 1802 y.da J. L. Gey-Lyussak aniqlagan; 2) hajmiy nisbatlar qonuni: t-ra va bosim bir xil bo’lganda kimyoviy reaktsiyaga ki- rishayotgan gazlarning hajmi bir-biriga nisbatan ham va bu reaktsiyada hosil bo’lgan gazsimon moddaning hajmiga nis- batan ham oddiy nisbatda bo’ladi (mas, 1 hajm vodorod 1 hajm xlor b-n birika- Di; ayni vaqtda 2 hajm vodorod xlorid hosil bo’ladi: N2+S12=2NS1. Bu erda gazlar hajmining nisbati 1:1:2 ga teng). Faqdt ideal gazlar uchungina to’g’ri. J. L. Gey-Lyussak 1808 y.da aniqlagan. Bu qonun Avogadro konunityug ochilishida katta rol o’ynagan.