Gidravlik transport
Gidravlik transport – ma- teriallarni suv oqimi yordamida ta- shiydigan transport turi. Bosimsiz va bosimlixillari bor. Bosimsiz G. t.da gidravlik aralashma qiya Nov va quvurlar bo’ylab siljib, bosimi atmosfera bo- simiga teng bo’lgan Erkmn sirtga ega bo’ladi. Bosimli G. t.da gidravlik ara- lashma quvurlarda nasoslar hosil qilgan ortiqcha bosim ta’sirida siljiydi. Tashiladigan zarralar, gidravlik ara- lashma kontsentrasiyasining zichligi va o’lchamlariga hamda quvurning diametri- ga qarab tezlik qiymati 1,5—2 dan 4-5 m/s gacha boradi. G. t. gidromexanizasiyada foydali qazilmalarni tashish, ularni boyitish uchun ulardan chiqindilarni chiqarib tashlashda, tuproq inshootlari (to’g’on, damba va b.)ni kutarishda, qozon qurilmalaridan shlak, kullarni chiqarib tashlashda, foydali qazilmalarni tashishda, turli materiallar (yog’och chiqindilari, qog’oz massalari, qand va spirt z-dlari xom ashyolari va b.)ni ta- shishda ishlatiladi.