GIDROAROMATIK BIRIKMALAR
GIDROAROMATIK BIRIKMALAR, salisiklik birikmalar —mole- kulasida besh yoki olti a’zoli uglerod halqalari saqlovchi organik birikma- lar. Noaromatik xossaga ega. Barcha TSI- klik birikmalar kabi g. b. ham bir, ikki yoki undan ko’p alohida halqali (mas, disiklogeksil) yoki kondensatlangan halqali (mas, dekalin) bo’ladi. G. b.ning suyuklanish t-rasi, odatda, og’irligi unga yaqinroq bo’lgan parafin uglevodorod- larnikidan pastroq. Qaynash t-rasi, zich- ligi, sindirish ko’rsatkichi xuddi shuncha uglerod atomi bor parafin uglevodo- rodlarnikidan ko’proq va tegishli aro- matik uglevodorodlarnikidan kamroq. G. b.ning xossalari parafin uglevodo- rodlarning xossalariga yaqin. G. b. oksid- lansa yon zanjiri oksidlanishi hisobiga naften kislotalar hosil bo’ladi yoki halqa uzilib shuncha uglerod atomiga ega ikki asosli kislota chiqadi, mas, tsiklo- geksanni oksidlab, adipin kislota hosil qilinadi. Bu kislota naylon polimeri i.ch.ga ketadi. Besh a’zoli g. b. gidrogeno- Liz reaktsiyasi orqali — parafin va izo- parafin uglevodorodlargt, olti a’zoli- lari esa digidrogenlanib, tegishli aro- matik uglevodorodlarnk hosil qiladi. G. b. turli tabiiy organik birikmalar, mas, efir moylari, skipidar, antibio- tiklar (streptomisin), A va D Vita- minlar, alkaloidlar tarkibiga kiradi. G. b. yoqilg’ilar va surkov moylari sifa- tiga yaxshi ta’sir etuvchi komponentlar- dir. Ular benzinning antidetonasion xossalariii yaxshilaydi, surkov moylari va kerosinning qotish t-rasini pasayti- radi, dizel yonilg’ilarning kaloriyasi- ni oshiradi, sifatini yaxshilaydi. G. b. ichida eng ko’p qo’llaniladigani tsiklo- geksan; u kaprolaktam, adipin kislota va sintetik tolalar i.ch.ga ketadi.