Gidravlik zarba
Gidravlik zarba – qisuvli quvuro’tkazgichda oqayotgan suyuqlik tezligining tez (bir onda) o’zgarishi natijasida (mas, zulfin tez yopil- ganda) suyuqlikda bosimning keskin ortishi. G. z.da bosimning o’sishi ushbu formula bo’yicha aniqpanadi: Ar =r(*0-v,)S1 bunda Ar — bosimning Pa da o’zgarishi, r — suyuqdikning kg/m3 dagi zichligi, v» va ■&, — zulfinni yop- guncha va yopishdan keyin quvuro’tkazgichda m/s da o’lchangan o’rtacha tezliklar, s — zarbiy to’lqinning quvuro’tkazgich bo’ylab tarqalish tezligi. Mutlaq qattiq devorlar holida s tovushning suyuqlikdagi tezligi a ga teng (suvda a =1400 m/s). G. z. bosimi juda katta qiymatlarga erishganda u halokatga olib kelishi mumkin. Ularning oldini olish maqsadida quvuro’tkazgichlarda saqlagich qurilmalar (tekislagich havzalar, havo qopqoqlari buralma jo’mraklar va b.) o’rnatiladi.