Gidravlik zulfin

Gidravlik zulfin – gidrotex- Nika inshooti (to’g’on, shlyuz va b.) orqali o’tadigan suv sarfini ko’paytirib- ozaytirib turadigan, suv sathini za- rur balandlikda saqlaydigan qurilma. Qaerda joylashganligiga qarab, g. z. sirtqi (suv sathida) va chuqur (suv sathidan pastga) joylashgan; vazifasiga qarab, asosiy (ish zulfini), ta’mirlash, falokat (avariya), qurilish va ehtiyot g. zlariga bo’linadi. G. z. temir, taxta va temir-betondan quriladi. G. z.lar qo’lda, mexanik tarzda va elektr mexanizmlar yordamida ko’tarib-tushiriladi. Sug’orish shoxobchalarida suv sathi va sarfini rostlab turish uchun bir necha xil Avtomat G. z.lardan foydalaniladi.